Hijob xususida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar shuncha yillardan buyon savollarimga javob berib kelayotganingiz uchun tashakkur. Allohning O‘zi ajr-savoblaringizni ko‘paytirib bersin. Men hijob farzligini o‘qigan edim. Hozirgi qizlarga esa hijob desa qo‘rquv va vahima bosadi. Qaysi zamonda yashayapsan, zamon bilan bo‘lish kerak va hokazo. Bir joyda esa “Islomga astasta, bosqichma bosqich o‘tish kerak” deganini eshitgan edim. Bir xil qizlar hijobni qabul qila oladilar, lekin birdaniga emas, buni mendan ham yaxshi bilsalaringiz kerak. Deylik biror qiz Allohga iymon keltirib, namozni boshlab bosqichma bosqich islom va shariat hukmlarini o‘rganib, unga amal qilsa, hijobga ham iymoni baquvvat bo‘lganidan keyin, hijob majbur deb, o‘zi 3-6-12 oylardan keyin hijobga kirsa. Men aytib o‘tgan qizlar asosan Islomdan xabari yo‘q, ota-onasi Islomni o‘rgatmagan, yo o‘zi o‘rgangan, yoki biror kishi ta’sir qilgan bo‘ladi. Shunday qizlar haqida fikrlaringizni bilmoqchi edim.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 20-asr mujaddidlaridan hisoblangan hind olimi Ashraf Ali Tahonaviy rohimatullohi alayh, harom amalni qilishga odatlangan kishiga : “Bu ishni qilishinga hech kim ruxsat bera olmaydi, lekin doimo o‘sha qilayotgan ishingni shariatga zid ekanligini yodingda tutgin” degan ekanlar. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:42 | Савол-жавоблар | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar