Ahmad Yassaviyga berilgan omonat
Assalamu alaykum, hurmatli Ulamolar!
«Rivoyat qilinishicha, payg‘ambarimiz sahobalari bilan xurmo eb, suhbatlashib o‘tirganlarida ularga qarab: «Qay biringiz mana bu omonatimni kelgusida izdoshlarimga etkazgaysiz?»-deb so‘raydilar. Bu vazifani bajarishni Arslonbob o‘z zimmasiga olishini bildiribdi. Shunda payg‘ambar alayhisalom unga bir xurmo beribdilar va: «Mendan keyin Ahmad ismli bir bola dunyoga keladi. Siz, albatta, uni izlab toping va unga bu xurmoni bering, u ummatimda islom dinini quvvatlantiruvchi eng etuk kishi bo‘ladi»,- degan ekanlar. Payg‘ambarimizning duolari barakoti ila Asrlonbob uzoq umr ko‘ribdi va omonatni topshirish uchun yurt kezib chiqibdi. Ahmadning otasi vafot etgan yili Turkistonga kelib, payg‘ambarimiz tavsiflagan bolani ko‘ribdi va unga salom beribdi. Salomga alik olgach, bola Arslonbobga qarab: «Bobo, omonatnimni bering»,-deb so‘rabdi. Arslonbob nogahoniy savoldan shoshib qolib, undan: «Ey valiy, sen buni qaydin bilursan»,- deb so‘rabdi. «Alloh bildirdi»,- deb javob beribdi bola. Payg‘ambar alayhisalom omonatlarini egasiga topshirgach, Arslonbob Alloh xuzuriga rihlat qilgan ekanlar.» Shu voqea haqiqatda ham sodir bo‘lganmi? (Iqtibos » Ona tili va adibiyot: Akademik littsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik/… . — T.: «Sharq», 2013. — 368 b.» dan olindi.)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu gap to‘qima bo‘lib, buning hech qanday sanadi yo‘q. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:34 | Савол-жавоблар | 170 | Turli savollar