Ko‘chmas mulkdan zakot
Assalomu alaykum! Ko‘chmas mulkdan zakot haqida savol bermoqchi edim. Shunga o‘xshash savollar bor, lekin mening vaziyatim haqida aniq javob yo‘q ekan. O‘tgan yili Ramazon oyida zakot to‘lagan edim. 4 oydan keyin o‘zim yashashim uchun uy sotib oldim. So‘ngra ba’zi bir sabablarga ko‘ra uy to‘g‘ri kelmay sotishga qaror qildim. Hozir sotuvga qo‘yilgan. Bu yil uy Ramazongacha sotilsa, naqd puldan zakot to‘layman? Agar Ramazon oyigacha sotib, puliga yana yashash uchun uy sotib olsam, to‘lamayman? Agar Ramazon oyining oxirigacha sotilmasa, yashashga olinganligiga qaramay, sotuvga qo‘yilganligi uchun uyning bozor narxidan zakot to‘layman (zakotni uy sotilganidan keyin to‘laymanmi, yoki chamalab Ramazon oyida to‘laydigan zakotimga qo‘shib to‘laymanmi?) Men to‘g‘ri mulohaza yuritayapmanmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo “zakotni Ramazonda beriladi” degan gap yo‘q. Balki bir kishining qaysi oyda ham moli nisobga etsa, o‘shandan bir yil hisoblab, bir yil to‘lishi bilan o‘sha molidan zakot berish zimmasiga vojib bo‘ladi.
1. Shunga ko‘ra avvalo molingiz qaysi oyda nisobga etganiga qarang.
2. Uyingiz yashash uchun deb olingan bo‘lsa, to sotilmagunicha uning qiymatidan zakot berilmaydi. Vallohu a’lam. [url=https://fiqh.uz/index.php/ibodat/zakot/380-zakotga-oid-savol-zhavoblarhttps://fiqh.uz/index.php/ibodat/zakot/380-zakotga-oid-savol-zhavoblar[/url]
26 Май 2022, 16:36 | Савол-жавоблар | 144 | Zakot