Sochni moylash

Assalomu alaykum! Hadislarda kelishicha Rosululloh sollallohu alayhi vasallam doimo muborak sochlarini moylab yurgan ekanlar va muborak boshlarini ustidan biror latta tashlab olar ekanlar. Hattoki juda ko‘p moy surganlaridan moy o‘sha lattaga o‘tib ketar ekan. Savolim shuki: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam nima sababdan shunchalik ko‘p moy ishlatganlar va u tarkibi qanaqa moy bo‘lgan?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Issiq o‘lkalarda boshning og‘rig‘ini qoldirish, uni salqinlatish va sochni parvarishlash maqsadida moylar surtiladi va ular turlicha bo‘ladi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aynan qaysi moyni surtganlari haqida ma’lumotimiz yo‘q. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga zaytun iste’mol qilishni, yog‘idan bosh va badanlariga surib yurishni buyurganlari, hamda zaytunni “muborak daraxtning mevasi” deb maqtaganlari haqidagi hadislardan kelib chiqib, ba’zi ulamolar Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning  o‘zlari ham boshlariga surgan yog‘ zaytun yog‘i bo‘lishi mumkin, deydilar. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:37 | Савол-жавоблар | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar