Kofir deyishlik haqida
Assalamu alaykum, hurmatli ahli Ilmlilar! Savol: Menga otam "Ishxonamizda sheriklarimiz bilan qabr haqida gaplashayotganimizda, bir sherigimiz “qo‘ysalaringchi odam o‘lgandan keyin qayta tirilmaydi” dedi" dedilar. Men otamga “u kishi qayta tirilishga, jannat va do‘zaxga ishonmaydimikan?” dedim. Otam meni gapimni tasdiqladilar. Men, “unda u kishi kofir ekanda” deb aytib yubordim va o‘zim aytgan gapimdan pushaymon bo‘lib qoldim. Men juda xavotirdaman. Ya’ni musulmon odamni kofir deb yuborib, tag‘in u "kofir" so‘zi o‘zimga qaytib amallarim habada bo‘lib qolmadimikan deb qo‘rqayabman. Iltimos menga yordam bering. Oydinlik kiritib bersangiz. Men nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalam! Shariatimizda iymon va kufr chegaralari ochiq oydin belgilab berilgan. Iymonli bo‘lishning bir necha shartlaridan biri o‘lgandan keyin qayta tirilishga ishonishdir. Buni inkor qilish shak shubhasiz kufr sanaladi. Lekin ulamolarimiz birovni kufrga hukm qilishdan avval undan kufr so‘zi yoki ishi sodir bo‘lganini aniq qilib olish, hamda unga bunday deyish kufr ekanligini tushuntirish kerak va yana hech kimsani “sen kofir bo‘lding” deyilmaydi balki, kufr so‘zini aytgan kishiga “bunday deyish kufr sanaladi deyiladi” deganlar. Kofirni kofir deyish gunoh emas. Inshaalloh amallaringizga buni ta’siri bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:56 | Савол-жавоблар | 154 | Turli savollar