Inson jismiga etkazilgan zarar haqqini to‘lash

Men hozir Rossiyadaman. Ish kunlarimning birida menga boshlig‘imiz bir ishni tayinladi.O‘sha ish (odam yashaydigan vagonni monepulyator orqali joylashtirish) chog‘ida mening ustimga o‘sha (monepulyatorda ko‘tarilib joylashtirayotgan vagon) tushib, meni (1minut mobaynida)bosib qoldi. Tezda mening ustimdan (vagonni) olishdi va shifoxonaga eltishdi. Doktorlarning aytishicha umurtqa suyaklaridan biri shikastlanganligi uchun menga og‘ir mehnat,(xatto 5 oy o‘tirish mumkin emas ekan). Hozirda maxsus moslama orqali bemalol yuraman-u, ozgina og‘riq sezaman. O‘shalar(men ishlagan firma) menga etkazilgan zarar uchun pul bermoqchi. Men uchun u pullar halol bo‘ladimi yoki harommi ?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Halol.

26 Май 2022, 17:32 | Савол-жавоблар | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar