Rekonstruktsiya qilingan uyning haqi?
Men ko‘p qavatli uyning bitta xonasini sotib olib, rekonstruktsiya qilib, ta’mirladim. Uy noqulay qilib qurilgan ekan, uni qulayroq qilib qurish uchun taxminan 0.80×2metr joyini pod’ezd qismidan o‘zlashtirishga to‘g‘ri kelib qoldi. O‘zlashtirgan joyim biron bir shaxsga tegishli emas, hech kimga zarar etkazmaydi va noqulaylik tug‘dirmaydi. Keyinchalik hadislardan birida o‘qisam, “Bir qarich erni o‘zlashtirgan odam oxiratda etti gaz erni ko‘tarib kelishi” haqida bilib oldim. Men uyimning sotilish narxi umumiy maydonidan, shu o‘zlashtirgan joyimning narxini hisoblab pulini chiqarib ehson qilsam, o‘zlashtirgan erimning haqqini ado qilgan bo‘lamanmi? (uyimni buzib, qaytib o‘z holiga keltirishning hech iloji yo‘q. Rekonstruktsiya qilganim sabab, ko‘p joylarini buzishga to‘g‘ri keladi.)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ega tarafdan ruxsat olsangiz, muammo hal bo‘ladi.
26 Май 2022, 17:35 | Савол-жавоблар | 143 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ega tarafdan ruxsat olsangiz, muammo hal bo‘ladi.
26 Май 2022, 17:35 | Савол-жавоблар | 143 | Turli savollar