Birinchi xotin ustiga uylanmaslikka qasam ichish

Erkak kishi ayoliga "Agar sen menga itoat qilsang, men hech qachon sening ustingga uylanmayman, agar sen itoat qilib turganing holda uylansam, shu payt sen meniki emassan" ya’ni “taloqsan” deb, Allohni guvoh qilib qasam ichishi durustmi? Ushbu qasam lag‘v bo‘lmaydimi va shariatimizda 4 tagacha ayolni nikohiga olishga ruxsat berilgan. Qolaversa bunga targ‘ib ham qilingan. Erkak kishi bu qasami bilan shariatga zid ish qilib gunohkor bo‘lmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Umuman qasam ichish targ‘ib qilinmaydi. Ayniqsa bunga o‘xshagan narsalarda.

26 Май 2022, 17:39 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar