Olovni tavof qilish shirkmi?

Hazrat, men olovni tavof qilish katta gunohligini bilib, lekin shirk ekanligini bilganmanmi yo‘qmi, aniq eslay olmayman. Bir kun jum’ada Anvar qori akadan “bu ish shirk” deb eshitganday bo‘lgandim. Shirkdan boshqa gunoh kechirilishini bilaman, shuning uchun judayam tushkun holatdaman. Men bu gunohga tavba qilganman, qaytib qilmayman inshaAlloh. Alloh meni kechirarmikin?

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shirkdan boshqa gunohlari kechirilishi mumkin deganda, tavba qilmasa ham degan ma’no bor. Shirkdan tavba qilinsa, kechiriladi.

26 Май 2022, 17:46 | Савол-жавоблар | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar