Maslahat bering, qanday yo‘l tutay?

Oilaliman 1,5 yashar farzandimiz bor. Erimning kambag‘alligiga qaramay, turmushga chiqdim.O‘zim to‘q oiladanman. Erim 2 yil ishsiz yurdi. Hozir chet elda, ishi yaxshi, lekin har 2-3 oyda 400$ pul jo‘natadi. O‘zimni ishlashga qo‘ymaydi. Uyida joy yo‘qligi sababli, amakisinikida vaqtincha turdik. Hozir ota uyidaman. Ho‘jayinim ketganiga 1,5 yil bo‘ldi, uy olishimiz kerak, qarzlari bor, haligacha berish niyati yo‘q. Xullas bizni boqolmayapti. Onam “Ajrash, umring oxirigacha seni xor qiladi” deyaptilar. Oilani boqish erning vazifasi, axir 3 yildan beri shu ahvol, ishlamasam bo‘lmaydi. Ammo erim qo‘ymayapti. Ishlasam erim noroziligi uchun qiyomatda javob beramanmi yoki ajrashib gunohkor bo‘lib qolmaymanmi? Ajrashmoqchi emasman, uydigilarim “ajrashasan” deyaptilar. Qanday yo‘l tutay?

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu muammoni hammaga, xususan erga tushuntiring. Yaxshilab o‘ylang. Hozirgidan ham yomon holga tushib qolmang. Ajrashish oxirgi choradir.

26 Май 2022, 17:52 | Савол-жавоблар | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar