Haqni yuzaga chiqarish uchun berilgan pul porami?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men izlash xizmatidan “haqni yuzaga chiqarish uchun berilgan pulni ham ba’zi ulamolar pora bo‘ladi” deganlarini o‘qidim. Masalan o‘qimasdan, darslarga bormasdan pul berib haydovchilik guvohnomasi olayotgan odam yoki semester baholarini yopayotgan talaba yoxud malakasi bo‘lmasa ham pul berib ishga kirayotgan odamni pora berayotgani tushunarli, chunki bu erda nohaqlik bo‘lyapti. Ammo diyonatsiz muttaham amaldorning ta’magirligi evaziga hamma imtihonlardan o‘tgan bo‘lsa ham, haydovchilik guvohnomasi olishga loyiq bo‘lsa ham, guvohnomani ololmayotgan yoki darslarga kelgan imtihonlarni topshirgan konspektlarni yozgan bo‘lsada iflos soqqakash domlaning aybi bilan bahosini ololmay sarson bo‘lib semesterni yopa olmayotgan talaba yoki diplomi bor, ishlashga yaroqli bo‘la turib ishga kira olmayotgan odam pul bersa, nimaga bu ham pora bo‘ladi? Ular haqni yuzaga chiqarish uchun pul berishmayaptimi? Bu botinni haqqa chiqarish emasku?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha bohanalar poraxo‘rlikni rivojlanishiga sababdir. Agar har bir siz aytgan vaziyatga tushgan odam davlat idoralariga arz qilib haqqini talab qilganida bugungi vaziyat boshqacha bo‘lar edi. Siz istasangiz o‘zingizning ishingiz, javobini o‘zingiz berasiz. Ammo uni dinda ruxsat bor ish deyilishini kutmang. Dinda bunga ruxsat yo‘q.
26 Май 2022, 18:05 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar