Xato qilib qo‘ymadimmi?

Ustoz men bir guruh nasorolar bilan internetda suhbat qurib qoldim. Ular Iso alayhissalom haqida gapirib ketishdi. U Xudoning o‘g‘li, xullas kufr gaplarni gapirishdi. Men “Unday emas, u Payg‘ambar va shunchaki odam” dedim. Keyin ular Biblyadan jumlalar keltirishdi. Ancha tortishdik, hatto ba’zilari muslimalar haqida yomon gaplarni ham gapirishdi. Keyin men ham Qur’oni Karimdan Oli Imron, Moida suralardan 14 dan 18 bo‘lgan oyatlarni ruscha tarjimalarni keltirdim, o‘qib ko‘rishdi, bittasi hatto qiziqib qolib: “Qur’onni o‘rganaman, qolganlarini ham o‘qib chiqaman” ham dedi. Keyin o‘ylanib qoldim, Hazrati Umar Tavrotdan bir sahifani o‘qib turganlarini ko‘rishganda Payg‘ambarmiz solallohu alayhi vasallam jahllari chiqqanini ham bilamiz. Men ham Biblyadan qanday o‘qib qo‘ydim, o‘zim ham bilmay qoldim. Keyin “axir ular iymon keltirmagan boshqa din vakili bo‘lsa, Qur’on oyatlarni manzilini ko‘rsatib qo‘ydima, u nasroniy bo‘lsa” deyishni boshladim. O‘zi bittasi muslimalarni haqorat qilgandi, shunga sababchi bo‘lib qolmadimmikin deb o‘zimni malomat qilibyotgandim, yana Biblyadan o‘qib qo‘ydim. Nasroniyga Qur’onni qaerdan o‘qishni ko‘rsatib xato qilmadimmikan? Ustoz, nima deysiz, Bibliyadan o‘qib qo‘yishim, bir nasroniyani pok bo‘lgan muslimalarga haqorat toshlarni otishiga sababchi bo‘lishim gunohi meni elkamga tushib qolmadimikan, deb o‘ylab qoldim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bibliyani o‘qish yaxshimas. Kofirga “Qur’on o‘qi” deyish yaxshi.

26 Май 2022, 19:05 | Савол-жавоблар | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar