Sajda oyati bor sura namozdan tashqari va namozda

Sizga Allohdan ikki dunyo saodatini so‘ragan holda, quyidagi savolni bermoqchiman: Najm surasi namozdan tashqari qiroat qilindi va sajda oyati kelganda bir sajda qilindi. Bu sura 4-5 marta qiroat qilindi takrorlash maqsadida. Boshqa sajda qilinmadi. O`rtada hech qancha vaqt o‘tmadi, namoz vaqti bo‘lganda, zam sura sifatida yana Najm surasi qiraot qilindi. Sajda oyati kelganda esa sajda qilindi. To‘g`ri ish qilindimi yoki namozdan oldin qilingan sajda kifoya qilarmidi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
To‘g‘ri qilindi. Takror uchun o‘qilganda qiroat sajdasi oxirida qilinadi. Avvalda emas.

26 Май 2022, 21:53 | Савол-жавоблар | 167 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar