Merosdan beriladigan zakot

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bir insonga otasidan pul meros tegsa, u pul nisobiga etgan bo‘lsa, undan zakot beradimi? Zakot bobini o‘qiganimda unda pul mablag‘i bir yil mobaynida harakatda bo‘lgan bo‘lish kerak deyilgan. Meros puli qo‘lga tegishi bilan zakot beriladimi yo bir yil pulni aylantirib keyin zakot beriladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Meros tegishi bilan o‘z moliga qo‘shadi. Ikkisidan zakot beradi. Agar o‘z molidan oldin zakot bergan bo‘lsa, bermaydi. Kelasi yilda birga qo‘shib hisoblaydi.

26 Май 2022, 19:28 | Савол-жавоблар | 164 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar