Taroveh namozini o‘qishdan ko‘ra ilm o‘rganish afzalmi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Allohga beadad hamdlar bo‘lsin, siz bilan bog‘lanishga musharraf qildi. Yaqinda bir voqea yuz berdi. Masjidda taroveh namozini o‘qib turganimizda domlamiz bir masalani hujjatini ko‘rish uchun masjid kutubxonasiga chiqqanlarida, u erda kitob o‘qib o‘tirgan bir ixlosli akamizni ko‘ribdilar. So‘ngra u akamizning ahvoli yaxshi, betob emasligini bilib, nega taroveh namoziga chiqmayotganligini so‘ragan. Shunda akamiz: Ilm o‘qiyotganligini va ilmning fazilati namozdan ulug‘ligini aytgan. Namoz tugagach domlamiz bizga akamizning ishi noto‘g‘ri ekanini va u kishiga etkazib qo‘yishimizni tayinladilar. Biz akamizga omonatni etkazganimizda, bir katta domladan: "Tolibi ilmlar taroveh namozini o‘qimasdan ilm olishlari afzaldir", degan gapni aytdilar va domlaning qilgan ishidan ko‘ngli to‘lmay ilmliroq domladan so‘rab berishimizni so‘radi. Iltimos shu vaziyatga oydinlik kiritib bersangiz. Savolimizda xatolar bo‘lsa uzr.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Farz ilm bo‘lsa u afzal. Ammo siz aytgan holatda namoz afzal. Menimcha, mazkur odam o‘zini ko‘rsatish uchun shunday qilgan. Agar gap uning aytganidek bo‘lsa, kitobni uyda o‘qisa ham bo‘lardi.

26 Май 2022, 19:28 | Савол-жавоблар | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar