Sizni tushda ko‘rdim

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Ramazon oyida kunduzlari ro‘za tutib, tunlari ibodatda bo‘lgan barcha dinqardoshlarimizdan va shu ulug‘ kunlarda masjidlarga borib, namozxonlarga mazmunli va foydali ma’ruza qilib berayotgan siz hazratimizdan Alloh rozi bo‘lsin! Ijozat bersangiz, qimmatli vaqtingizni bir zumga olsam. Kuni kecha sizni tushimda ko‘rdim. Katta bir jamoatmish. Juda baland bino tepasida, ochiq havoda. Hammamizga imomlikka o‘tayotgan ekansiz. Men takbirni aytay desam “unday aytilmaydi, bunday aytiladi” deb xatoimni to‘g‘irlabsiz. O‘zimni anglashimcha, bu “yana ham ko‘proq o‘qi, ilm ol, ibodatni, shijoatini pasaytirma” degan ma’noda bo‘lsa kerak. Inshaalloh niyatim ham shu. Alloh O‘zi ibodatda sobitqadam qilsin hammamizni! Asli sizni tushda ko‘rib xursand bo‘ldim! Ilohim baxtimizga sog‘ bo‘ling! Sizday ulamoni bizlarga bergan Allohga cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Salomat bo‘ling!

26 Май 2022, 19:40 | Савол-жавоблар | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar