Mudrik va masxub holatda savob darajasi

Alloh Sizni ikki dunyo saodatiga erishtirsin! Savolim quyidagicha: Bir kishi meni namoz o‘qishimni kuzatib turgan ekan va men imom namozga kirishdagi ilk takbirni aytganda, imomdan 2-3 soniya orqada qolibman. U kishi: “Siz loik maqomiga etishmadingiz va mudrik bo‘ldingiz va namozni savobini 80 foizidan quruq qoldingiz, doimo imom bilan deyarli barobar qo‘lni quloqqa olib boring, shunda to‘liq savobga erishasiz” dedi. Bu qanchalik to‘g‘ri? Javob uchun oldindan katta rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Foiz haqidagi gap noto‘g‘ri. Imom bilan birga takbir aytish savobli ekani to‘g‘ri.

26 Май 2022, 19:49 | Савол-жавоблар | 146 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar