Farzandning axloqiga qarab nima deyish mumkin?
Assalamu alaykum, muhtaram Shayx Hazratlari! Qizimizning yoshi uchga qarab ketyabdi. Undan keyin yoshiga to‘lmagan o‘g‘limiz ham bor. Qizimiz kichkinaligidan juda injiq va qaysar bo‘lib kelyapti. Nima chora ko‘rishga hayronmiz. Bechora onasi qiynalib ketdi. Alhamdulillah, o‘g‘limizda bu xolat kuzatilgan yo‘q. Vallohu a’lam. Bu borada menda quyidagicha mulohazali savollar bor: 1. Alloh bizning gunohlarimizga ishora qilib bu holatni sodir qilyaptimikan (menda asosiy gumon o‘zi shundan)? 2. Bola bo‘layotgan paytda "Bismillah"ni aytish esdan chiqib qolganmikan? 3. Yoki bu o‘tkinchi narsami? Tarbiyani davom etiraveraylikmi, biz shoshilyapmizmi? Yoki tarbiyada nuqsonga yo‘l qo‘yganmizmikan? Oilamizda halol pok eyishga va yurishga harakat qilinadi. Bundan emas degan umiddaman albatta. Tabiblarga murojaat qilganmiz, jiddiy muammo yo‘qligini ta’kidlashgan. Birgina sabab kichik ukaga nisbatan rashk bo‘lishi mumkin deyishdi. Qizimiz 8 oyligida ayolim homilador bo‘lib qolgan. Iltimos, bu borada fikringizni bizga bildirsangiz...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu o‘tkinchi narsa. Alloh taolodan tilab tarbiyani sabr bilan davom ettiringlar.
26 Май 2022, 19:50 | Савол-жавоблар | 139 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu o‘tkinchi narsa. Alloh taolodan tilab tarbiyani sabr bilan davom ettiringlar.
26 Май 2022, 19:50 | Савол-жавоблар | 139 | Turli savollar