Fitr xakida

Ramazon oyi sizga, yaqinlaringizga va jamiki musulmon ahliga xayrli va muborakli bo‘lsin. Ustoz, hozirda xolam chet elda, turmushi bo‘lmadi. Shuning uchun 2 nafar farzandi bizning qaramog‘imizda. Mana shu sabab: 1. Fitr, fidya sadaqani xolamning o‘g‘li bilan qiziga bersak bo‘ladimi? 2. Ular o‘zlari fitr berishligi farzmi, farz emasmi? Alloh Ramozonni hurmatidan barchalarimizni mag‘firat qilsin, sizni va yaqinlaringizni jannat bilan siylasin, rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo Ramazonni barchamizga muborak qilsin. Mazkur bolalar sizning nafaqangizda bo‘lsa, ularga zakot bera olmaysiz. Ular fitr sadaqa beradilar. Chunki bu sadaqa kishi boshigadir.

26 Май 2022, 19:51 | Савол-жавоблар | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar