Mahsulotni oldindan egallab olish

Mevalar, poliz ekinlari va shunga o‘xshash boshqa mahsulotlarni sotmoqchi bo‘lganimizda xaridor keladi va narxi kelishib olingandan so‘ng, ozroq miqdorda (masalan 3000-5000 so‘m) pul berib ketadi va 3 kundan keyin kelib shu sotib olingan narsani olib ketaman deydi. Ba’zi xaridorlar esa shu va’da bergan kuniga kelmaydida oradan ancha vaqt o‘tgandan keyin boshqa odamga sotib yuborishga majbur bo‘lamiz. Aks holda, ular pishib, ezilib ketishi mumkin. Savolim: Oldingi qaytib kelmagan xaridordan qolgan pulni nima kilish kerak?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ushlab turib, o‘ziga qaytarish kerak.

26 Май 2022, 19:53 | Савол-жавоблар | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar