Uylanish haqida savol
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Sizga bir savol bilan murojat qilmoqchi edim. Hozirgi zamon qizlari oldingi zamon qizlaridan farqi katta bo‘layotganligi sababli, uydagilarim menga tavsiya qilayotgan qizning suratini do‘stlarimga ko‘rsatishim mumkinmi? Sababi, u qizni biror bir do‘stim bilan o‘tmishda qandaydir bog‘liqlik joyi yo‘qligini bilish uchun. Chunki jufti halol olish bu o‘g‘il bola uchun jiddiy masaladir, keyinchalik oilani mustahkam tutish uchun. Oldindan katta rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday qilish mumkin emas. Boshqa yo‘llar bilan aniqlash kerak.
26 Май 2022, 20:05 | Савол-жавоблар | 163 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday qilish mumkin emas. Boshqa yo‘llar bilan aniqlash kerak.
26 Май 2022, 20:05 | Савол-жавоблар | 163 | Turli savollar