Vitr namozida tilovati sajda
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Yod olgan suralarni unitib qo‘ymaslik uchun namozda ularni zam sura qilib o‘qiyman; katta suralarni bo‘lib-bo‘lib, kichiklarini esa o‘z holicha. Shunda ba’zida vitr namozining uchinchi rakatiga tilovati sajda bor suraning sajda oyati to‘g‘ri kelib qoladi, ya’ni zam sura sajda oyati bilan tugaydi. Savolim, shunday holatlarda tilovati sajda oyatining sajdasini qachon qilishim kerak, Allohu akbar deb quloq qoqib “Qunut” duosini o‘qishdan oldinmi yoki namozdan keyinmi? Qimmatli vaqtingiz uchun rahmat, Alloh sizdan ham, hamma musulmonlardan ham rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha namozning sajdasi, oxirgi o‘qilgan oyat sajda oyati bo‘lgani uchun, kifoya qiladi.
26 Май 2022, 20:10 | Савол-жавоблар | 144 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha namozning sajdasi, oxirgi o‘qilgan oyat sajda oyati bo‘lgani uchun, kifoya qiladi.
26 Май 2022, 20:10 | Савол-жавоблар | 144 | Namoz