Boshqa dinlar va ularga oid ma’lumotlar

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Internetdan maqola o‘qiyotib nasroniylik diniga o‘tish so‘zlarini bilmasdan o‘qidim, shu holatda nima qilishim kerak? Bu holatda tahoratim bor edi, tahorat buziladimi? Men hozirda Yaponiyada o‘qiyman, bu universitetda Osiyodagi dinlar haqidagi fan bor. Va bu fanda barcha dinlar va dinlarga oid barcha ma’lumotlar yoritib berilgan. Bu ma’lumotlar orasida dinlarga o‘tish so‘zlari ham ta’kidlab o‘tilgan bo‘ladi. Shu ma’lumotlarni Musulmon odam o‘qish mumkinmi? Alloh ilmimizni ziyoda qilsin va hidoyat bersin va hidoyat berganidan keyin dilimizni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bilmasdan o‘qisa, astag‘firullohni aytib, keyin hushyor bo‘linadi. Tahorat buzilmaydi. Niyat qilmay, dinga o‘tish so‘zlarini o‘qilsa, hechqisi yo‘q.

26 Май 2022, 20:10 | Савол-жавоблар | 172 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar