Menga juma namoziga uzr bormi?

Alloh qilayotkan savobli ishlaringizni ajrini ziyoda qilib bersin, omin! Savolim shunday: Men Moskvada dejurnыy mexanik liftyor bo‘lib ishlayman. Liftlar 24 soat o‘chmaydi va dam olish kunisiz, tabiiyki menga ham dam yo‘q. Shu sabab, juma namoziga borolmayman. 1-2 marta imkon qilib borgandim, kelginimcha liftlar buzilib boshliqlarim bilan ancha janjallashishimga to‘g‘ri keldi. Liftda odam qamalsa to men kelib ochmagunimcha ko‘tishadi. Shunday qilib jumaga borolmayapman, shunday holatlarda yoki shunga o‘xshash ishlarda ishlaydiganlarga juma namoziga bormaslikka uzr bormi? Xudoga shukr, uyda besh vaqt namozni ham, jumani ham masjidda o‘qirdim, bu erda namozimni vaqtida uyda o‘qiyman, ammo jumani eplolmayapman. Javobingiz uchun katta rahmat. Sizdan Xudo rozi bo‘lsin, omin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz jumaga borish uchun barcha chora va tadbirlarni ko‘rishingiz kerak. Misol uchun o‘rnigizga boshqa odamni vaqtincha qo‘yib ketishni yo‘lga qo‘yish. Yoki ish beruvchi taraf bilan kelishib olish va boshqalar. Umuman iloji bo‘lmagan kunlari uzrli hisoblanasiz. Alloh taoloning O‘zidan yordam so‘rab harakat qilsangiz, echimi topiladi, inshaalloh.

26 Май 2022, 20:14 | Савол-жавоблар | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar