Qur’onning o‘qilishini lotincha yozilganidan yodlash

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ustoz va sizga ko‘maklashayotgan barcha insonlarga kattakon rahmat. Savolim shuki: Qur’onning birma bir suralarini lotin harifida o‘qilishini yozilganidan yodlasa bo‘ladimi? Chunki men hali arab tilida to‘liq va to‘g‘ri o‘qishni bilmayman. Iltimos yordam bering. Men namozni o‘qishni boshlaganimdan beri o‘sha o‘zbek yozuvida o‘qilishini ko‘rsatgan harflarda yodlab kelaman. Arab tilini o‘rgangunimcha Qur’onni aslini o‘qish nasib qiladimi yoki yo‘qmi Alloh biladi. Noo‘rin savol bergan bo‘lsam uzr. Oldindan kattakon rahmat. Alloh sizdan va sizga yordam berayotgan insonlardan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Namozga keraklisini o‘sha harflarda yodlab olib, keyin Qur’oni Karimning o‘z harflarini va tajvidni o‘rganishga o‘tish kerak.

26 Май 2022, 20:15 | Савол-жавоблар | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar