Fotiha surasidan olin “Bismillah”ni aytishlik haqida

Assalomu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Kifoya kitobining 1-juzida namoz bobida, (adashmasam 227 yoki 277 chi) sahifasida dastlabki Fotihadan boshqa hollarda “Bismillah” aytilmaydi deb yozilgan. Islom. uz saytida esa, “Yangi maqolalar” bo‘limida turgan “Namoz o‘qish tartibi”da esa har bir “Fotiha”dan oldin “Bismillah” aytiladi deyilgan. Shu sabab aniqlik kiritish maqsadida bilmoqchi edim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ikkisi birxil gap. Fotihadan boshqa hollarda “Bismillah” aytilmaydi. “Fotiha”dan oldin “Bismillah” aytiladi.

26 Май 2022, 20:20 | Савол-жавоблар | 193 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar