Noilojlikdan mashinada namoz o‘qish joizmi?
Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Onam va xolam bilan bemor qarindoshimizni ko‘rgani bordik. Ikki shahar orasi 75 km. Peshin namozini o‘qish uchun masjidga bordik. Onamlar u erda qiyinchilik bilan tahoratini yangiladilar, masjid xodimlaridan onamlarning namoz o‘qib olishi uchun ruxsat so‘radim. Lekin ular bunga ruxsat bermadilar. Qoziyat ayollarning masjid binosiga kirishiga ruxsat bermas ekan. Xullas peshinni men masjidda, onam va xolam mashinada o‘qidik. Uyga qaytsak, peshinning vaqti chiqib ketardi. U shaharda hech kimni tanimaymiz. Onamlarning namozi durst bo‘ldimi, yoki qazo qilib o‘qisinlarmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Masjiddagi odamlar noinsoflik qilishibdi. Qozilik jamoat namozini aytgan bo‘lsa kerak. Hech bo‘lmasa, biror hujrada o‘qib olishlariga sharoit yaratib berishsa, savob olishar edi. Sizlarning holatlaringizga o‘xshash holatlarda, yana qayta o‘qib qo‘yilsa yaxshi bo‘ladi.
26 Май 2022, 20:35 | Савол-жавоблар | 201 | Namoz