Men juma namozini o‘qiy olmaganim uchun gunohkormanmi?
Meni biri-biriga bog‘liq bo‘lgan ikki savol qiynayapti. Shu holatga oydinlik kirib berishingizni iltimos qilaman, Robbim sizdan rozi bo‘lsin. Savollarim quydagicha. 1). Men hozirda koreyada ishlayapman. Allohga behisob hamdlar bo‘lsinki, kundalik namozlarni o‘qishga ishxonamda imkon bor. Lekim juma namozini o‘qishga imkon bo‘lmayapti. Ya’ni bir oyda ikki hafta kunduzi, ikki hafta kechasi ishlayman. Tungi navbatchilikda ishlaganimda kunduzi alhamdulillah juma namoziga vaqtim bo‘ladi. Borib ado etaman. Lekin kunduzi ishlaganimda ishdan ruxsat berishlari qiyin. Shu holatda shariyati islomning hukmi qanday bo‘ladi. 2). Agar islom menga har qanday holatdaham juma nomozini farz qilsa va men buni ado qilaolmasdan ya’ni jumaga bormasdan ishxonada peshin namozi o‘qigan holatda pul to‘plab hajga borsam joiz bo‘ladimi? Zotan bu davlatda ishlashimning asosiy sababi, hajga borish juda qulayligidur. Yoki bu holatda vatanimga qaytish joizmi? Alloh sizdan rozi bo‘lsin va qiyomatda munosib taqdirlasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Aytgan holat doimiy bo‘lib qolmasligi kerak. Siz o‘sha erdagi Islom tashkilotlariga murojaat qiling. Ular sizga yordam berishadi. Ya’ni, ish egasi bilan gaplashib, jumaga borishingizni tashkil qilishadi. Hajga borishingiz mumkin.
26 Май 2022, 20:35 | Савол-жавоблар | 168 | Namoz