Namozlarni qazo qilish kasali
Shayx hazratlari Ustoz meni yaqindan beri qiynayotgan narsa namozlarim. Hufton bilan bomdod nomozlarimni qazo qilib qo‘yyapman. Hufton namozida “hozir o‘qiyman” deb uxlab qolyapman. Bomdod namozida soatni o‘chirib “hozir turaman” deb o‘tkazib yuboryapman. Shu ishimdan o‘zim qattiq iztirobdaman. Lekin shuni yo‘qota olmayapman. Bilaman shaytonning gapiga kirib qo‘yyapman. Namoz o‘qiganda ham, hayollarim chalg‘ib ketib qolyapti. Lekin o‘zim judayam hohlardim namozlarimni to‘liq ado etishni, namoz paytda hayolim chalg‘imaslikni. Allohdan doimo “namozlarimni to‘liq ado etishimga yordam ber” deb so‘rayapman. Sizdan ham iltimos, yordam bersangiz. Namozlarimni to‘liq ado etish uchun nima qilay? O‘zim qur’on ham o‘qiyman. Qaysi surani o‘qisam yaxshiroq shaytonning hiyla nayranglaridan uzoqlashish uchun. Iltimos duo qiling, men uchun ham, shu holda o‘lim topishdan juda qo‘rqaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Aqiydani mustahkam qiling. Alloh taolodan qo‘rqing. Vaqtida o‘qilgan namozning savobi ko‘pligini yodda saqlang. Namozni o‘tkazib yuborganning gunohini eslang.
26 Май 2022, 20:49 | Савол-жавоблар | 147 | Namoz