Yangi masala: samolyotda uchganda vaqt uzgarganda namoz

Shayx hazratlari, deylik, bir kishi 1 Sentyabr kuni Yaponiyadan Xitoy orqali Amerikaga uchdi. Yaponiyada mahalliy vaqt buyicha Bomdod, Peshin va Asrni uqib Xitoyga uchdi. Xitoyda transit zalda 2-3 soat turganida, shom bulib qoldi. Shomni ado etdi. Shomni ado etgandan sung, samilyot kutarildi Amerikaga qarab. 1 soatlardan sung Xufton namozi kirdi. Lekin, u kishini biletida samolyot Amerikaga aynan 1 Sentyabr kuni shom vaqtlariga qunadi deb yozilgan ya`ni 19. 00 atrofida buganligi uchun xuftonni Amerikada ado etishni niyat qildi. Haqiqatdan 1 Sentyabr shom vaqtiga kelib qundi va 1 sentyabrning Xuftoni ado etildi nihoyat. Lekin bomdod bilan xufton namozlari orasidagi vaqt 20 soatdan ham oshib ketdi. Endi bu masala buyicha savollar: 1. Xufton vaqtida tugri ado etilgan hisoblanadimi shu holatda? 2. Samolyot qunganda Asr shom vaqtlarini topilganda shunday holda, boshqa davlatda uqilganligi uchun uqilmaydi? 3. Bomdod va xuftonni farqi 20-25 soatni tashkil qilsa, birinchi davlat va ikkinchi davlatdagi chislo bir xil bulsa namozlarda hech qanaqa uzgarish bulmaydi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. to‘g‘ri ado etilgan. 2. o‘qilmaydi. 3. Bo‘lmaydi.

26 Май 2022, 21:28 | Савол-жавоблар | 192 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar