Zakot Muddati 2

Bevosita yuqoridagi savolni davomi sifatida, agar zakot oktyabrni oxirida, nisobga etgandan kunidan roppa rosa 1 yil o‘tgach beriladigan bo‘lsa, u holda qaysi oygacha olingan oyliklardan zakot beriladi, demoqchimanki, o‘tgan yili 30 okyabrda nisobga etgan pulga bu yil 30okyabrda beriladigan zakot vaqtida 1yil to‘lgan bo‘ladi, lekin o‘tgan yili noyabrda olingan oyliklar bu yil 30 oktyabrgacha roppa rosa 1 yil turmagan bo‘ladiku? Yoki bu yil 30oktyabrgacha yig‘ilgan hamma pul qo‘shilib, undan 2. 5% hisoblanaveradimi? Savolim sal tushunarsiz bo‘lgan bo‘lsa oldindan uzr.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu yil 30 oktyabr kuni sizda qancha pul bo‘lsa, o‘sha e’tiborga olinadi.

26 Май 2022, 22:00 | Савол-жавоблар | 145 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar