Zakotdan Muddati 3(zakotdan qochish)

Yuqoridagi berilgan savolga qo‘shimcha sifatida quyidagini so‘ramoqchi edim(Qoidaga binoan Savollar bitta bitta berilishi kerakligi tufayli). Agar o‘tgan yili 30 okyabrda nisobga etgan pulni zakoti bu yil 30oktyabrda yoki undan keyin berilishi kerak bo‘lsa, u holda qo‘limda mavjud mablag‘ni bir qismiga bu yilgi 30 okyabrgacha uy (yoki biror ulov) sotib olsam, shunda bu yil 30 okyabrda zakot berish kerak bo‘lgan puldan bu sarf miqdori chiqarib tashlanadimi va bu qaysidir ma’noda qisman zakotdan qochish bo‘lib qolmaydimi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu yil 30 oktyabr kuni sizda qancha pul bo‘lsa, o‘sha e’tiborga olinadi.

26 Май 2022, 22:00 | Савол-жавоблар | 169 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar