Iltimos bilan

Hazrat! Bir iltimos bilan sizni bezovta qilyapman. Katta chat yani(xat. com) da qiz yigitla gaplashadi, oddiy suhbatxona, lekin juda kop kuzatishlar natijasida aytmoqchiman, Shatga yengi kirgan qizlardan yigitlar rasm sorashadi Allohga qasam zarar bermayman deb, lekin rasmni olgach alohida suxbat yaniy (skype, agent)ga chaqrishadi qiz yo‘q desa uni "shantaj qilib rasmingni klip qilib chqazaman youtubdan" deb qorqitishadi, qiz kamera yoqadi, keyin yana qasamxorlik qilsaham qizni rasmga ovolishadi, oxiri shantaj qilib olgan rasmlarini korsatib qizlarni yechntrishgacha borshvotti! Yigitlar qizlarni omonat suratlarini o‘zaro tarqatib o‘yin qilishvotti. Aqli yo‘q qizlar qo‘rqanlaridan ushalar nima desa shuni qilib quldek bo‘lip yurishibdi. Bir ikki yosh qizlar isnodga chidolmay kop dozali dorilarni ichishgacha borishvotti . Yana klip yasab aytishadiki" mana Alloh sani shunaqa qlishimi hohlagan ekan qildim deme qaysidir gunohing uchun bu jazo"deb etishadiu Bu axir fojea ku. Hurmatli sheyh janoblari iltimos alohida ushandey yigitlar uchun (qizlar jabrlangan ma’noda, yoki ular "ana ayb o‘zlaringdekan"deyishmasin)tanbex va nasixat sifatida youtube da ovozli tasmada gaprib qo‘ysangiz . Xozirda qizlar shundog‘am turmushga chiqolmiyapti, bu rasm tasmalardan keyin ularga kimham uylanardi! Oldimda yosh bolsada qizlarim bor , Alloh asrasin birnima bo‘lsa ota ona chidolmaydi. Hazrat iltimos bir harakat qilib fojealarni oldini oling. Hurmat ila um_Habiba!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday gaplarni biz doim aytib kelmoqdamiz. Turli uslublar bilan yoshlarga etkazmoqdamiz. “Ijtimoiy odoblar” kitobida ham chiqardik. Mazkur uslublar bilan suhbat qilishning o‘zi katta gunohligini aytdik. Yana bir bor aytamiz. Barcha Alloh taolodan qo‘rqsin! Bunday ishlarni qilmasin!

26 Май 2022, 22:45 | Савол-жавоблар | 142 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar