Shubhali veb saytlar haqida

Ustoz, hozirgi kunda internet barcha uchun ma’lumotlar bazasi bo‘lib qolgani hammaga ma’lum. Men o‘zim ba’zida ba’zi bir savolim paydo bo‘lsa internetga izlashga beraman, o‘shanda juda ham ko‘p ma’lumotlar o‘zbek tilidagi saytlardan chiqadi. Men faqat Islom. uz dagi ma’lumotlari olaman. Lekin ba’zida qiziqish bilan o‘sha o‘zbek tilidagi saytlarga ham kiraman va o‘sha saytlarda juda ham fitnaga sabab bo‘luvchi fatvo yoki ma’lumotlarni ko‘raman. Jumladan, marhum Ramazon Butiy hazratlarini er bilan bitta qilib yomonlovchi u kishini mushrik deyuvchi ma’lumotlar ham bor ekan, eng yomoni sizning ma’ruzalaringiz va kitoblaringizni o‘qimagan odamlar bu ma’lumotlarni to‘g‘ri deb qabul qilishi aniq. Chunki u saytlarda bu xil noto‘g‘ri ma’lumotlar shu darajada ustalik bilan yozilgan. Mana shu holatlarni hisobga olib, bu kabi saytlarning fitnaga to‘lganini qandaydir usullar bilan xalqqa etkazish kerak bo‘ladimi degan taklifim bor edi. Agar savolim noo‘rin va xato bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Albatta, etkazish kerak.

26 Май 2022, 23:35 | Савол-жавоблар | 157 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar