"Imom Hasan va Imom Husayn ", degan edim

muhtaram Ustoz! Bir odam mendan: "Men davralardan birida: "Imom Hasan va Imom Husayn. . . ", degan edim shu davrada o‘tirgan ahli ilmlardan biri: "Hasan va Husanlarning imom bo‘lganliklarini qaerda o‘qigansiz? Yoki Siz shiy’alardanmisiz? Ularni Hazrati Hasan va Hazrati Husayn deb ayting", deb dashnom berdi. Uning bu gapi qanchalik to‘g‘ri? " deb so‘radi. Men unga nima deb javob berishim kerak edi? Alloh taolo Sizga ofiyat bersin va afv etsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Mazkur odam ilmsiz bo‘lsa ham o‘zini ilmli qilib ko‘rsatishga urinadigan kishi ekan. U imom degandan masjidga imom bo‘lishni, namozga o‘tishni tushunar ekan. Imom so‘zi peshvo, oldindagi kishi degan ma’nolarini beradi. Musulmon ummati doimo mazkur ikki buyuk zotlarni imom deb kelishgan va yana deyishadi.

26 Май 2022, 23:40 | Савол-жавоблар | 198 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar