Tajvid ilmini qanday o‘rgansam bo‘ladi?

Tajvid qoidalarini o‘rganish maqsadida masjidimiz (Toshkent) noibiga murojaat qilgan edim. Lekin u kishi "hozir zamonni o‘zingiz bilasiz-ku, bizlarga mumkin emas", degan javobni berdi. Keyin ancha xafa bo‘lib yurdim va yana shu masalada masjid imomining o‘ziga murojaat qildim. U kishi "Grand ta’lim" o‘quv markaziga o‘qishga borishimni aytdi. Lekin u erda o‘qish yozishni o‘rganadigan darajada o‘qidimu, ammo u erda faqat arab tili va grammatikasi o‘rgatilar ekan. Dinga, tajvidga mutlaqo aloqasi yo‘q ekan. Meni ilmli tanish bilishim yo‘q o‘rgatadigan.   Qanday qilib o‘rgansam bo‘ladi? Biron bir yo‘li bormi?   Biron bir manbani ayta olasizmi? Yoki ustozsiz ham mustaqil o‘rganish yo‘llari bormi?  
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tajviyd kitoblari va ovoz yozuvlaridan foydalaning. Imomlardan xafa bo‘lmang. Ularning dars berishga ruxsatlari yo‘q.

27 Май 2022, 00:01 | Савол-жавоблар | 179 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar