"Morozilnik"da mahsulotni saqlab sotish monopoliyami?

Assalomu alaykum! Shayx Hazratlari. Ijozatingiz bilan savol bersam: Do‘stim bozorda "kalla-pocha" savdosi bilan shug‘ullanadi. Yozda bu mahsulotga talab juda tushib ketadi. Ular shunday qilishadi: Yozda mahsulot juda ham arzon bo‘lganda sotishga tayyorlab qo‘yilgan katta-katta, yaxshi oyoqlarni bozorga chiqarmasdan ajratib olishib qishgacha "morozilnik"ka qo‘shishadi. Noyabr oylaridan bozorga chiqarib yozda 400-500 so‘m bo‘lgan oyoqlarni 1000 so‘m va undan qimmatga sotishadi. Aynan shu holat bayram oldi shu mahsulotga narxning juda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki bozor to‘lib-toshib ketadi. Savdoda shunday yo‘l tutish harommi?Tashakkur, Hazrat! Alloh sizni asrasin va Alloh jamolini ko‘rish nasib qilgan solih bandalardan qilsin, Omin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bozor narxini sun’iy oshirmasa bo‘laveradi.

27 Май 2022, 00:44 | Савол-жавоблар | 155 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar