Etimning zakoti

BISMILLAHIR RAHMONIR ROHIYM Fazilatli Shayx janoblari, Assalomu alaykum! Voyaga etmagan ikki etim qizning mulklari (tillo taqinchoqlar) xar biriniki aloxida xisoblanganda ham nisobdan ortiq. Qizlar voyaga etmaganligi bois mazkur tillo taqinchoqlar buvisining qo‘lida saqlanmoqda. Xadis va Xayotning "Zakot" kitobidan etimning molidan xam zakot berilishi kerakligini o‘rgandik. Shunga ko‘ra xar yili etimlarning tillo va boshqa mulklarini 40 dan 1 qismi zakot qilib berib kelmoqdami. Aytish joizki, zakotga ajratilayotgan miqdor ham aynan etimlarning mablag‘idan berilmoqda. Kuni kecha Fiqx.uz saytidagi quyidagi linkdagi maqolada; https://www.fiqh.uz/dolzarb-mavzular/kundalik-masalalar/zakot-masalalari/67-tillo-kumush/638-masalalar.html Agar qiz bolalarga taqinchoq olib beruvchi shaxs taqinchoqlarni vaqtincha taqib turasan demay ularga mulk qilib bersa, balog‘atga etib nisob sohibi bo‘lgunicha ularga zakot vojib bo‘lmaydi, deb yozilgan fatvoni ko‘rib; biz etimni mulkiga ziyon etkazib qo‘ymadikmikan, deb qoldik. Chunki, bizni xolatda tillo taqinchoqlar qizlarga otasidan qolgan mulk ekanligi aniq. Shairiat nimaga buyursa, shuni bajarishga tayyormiz. Ammo, shariat talablaridagi daqiq farqlarni tushunmaganimiz oqibatida xato qilib qo‘yishdan qo‘rqamiz. Mana shu xolatda biz nima qilishimiz kerakligiga ilmimiz etmay qoldi... -Qizlar to voyaga etib mulklarini qo‘llariga olgunlaricha ularning mavjud mol-mulklaridan zakot berish vojib bo‘lmaydimi, ularni mulkidan Zakot bermay turaylikmi? yoki -Qizlar voyaga etib o‘z mulklarini qo‘llariga olgunlaricha ularni mulklaridan har yili Zakot berib turishimiz to‘g‘ri bo‘ladimi? Qaysi yo‘lni tutsak shariat xukmiga muvoviq ish qilgan bo‘lamiz. Javobingiz uchun Sizga tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizlar “Hadis va Hayot”ni diqqat bilan o‘qimaganga o‘xshaysizlar. Agar mavzuni yaxshilab, oxirigacha o‘qisangiz, quyidagi jumlani topasiz:“Hanafiy mazhabi ulamolari yosh bola ibodatga taklif qilinmaydi, zakot ibodat, yosh bola namoz o‘qigani majbur qilinmaganidek, zakot berishga ham majbur qilinmaydi, deb uning molidan zakot chiqarish farz emas, deganlar”.

27 Май 2022, 00:57 | Савол-жавоблар | 158 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar