Chaqimchilk va G‘iybatning farqi nimada ?

Assalalamu Alaykum hurmatli ustoz ... Mening savolim bilimsizligimni bildirib qo‘ygan bo‘lsa uzur so‘rayman. Chaqimchilikni g‘iybatdan qanday farqi bor ? Agar men sizga bir Shayxning aygan gaplarini aytsam bu chaqimchilik yo g‘iybat bo‘lmaydimi ? Mening bu savolni berishimdan birinchi maqsad kelasi beradigan savolimda menga gunoh bor yoki yo‘qligini bilsh. Ikkinchisi esa hozir bu narsaning ko‘payib borishi. Alloh hamamizni taqvodrlardan qilsin . Omin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- G‘iybat o‘zi yo‘q odamni yomonlash. Chaqimchilik, birovga falonchi u dedi, bu dedi, deya birovning gapni boshqaga etkazish. Siz kitob o‘qishni, o‘zbek tilini o‘rganishni yo‘lga qo‘ying. Bo‘lmasa, uyat bo‘ladi.

27 Май 2022, 01:27 | Савол-жавоблар | 156 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar