Ayolim meni roziligimsiz

Assalomu Aleykum Shayx Xazratlari. Men bir juda kiyin vaziyatga tushib koldim ayolim ikkita uglimni olib biri 3yosh, biri 1yosh, ota onasinikiga ketib koldi.. ular chet elda yashashadi..Mana xozir 20 kundan beri umuman xavar yuk. bollarim bilan umuman gaplashtirishmayapti. Oila kere busa ula yashayotgan joyga boib yashashim kerak ekan, agar bormasam bemalol shu erda uylanishim mumkin emush, ular xam ayolimni usha erda turmushga berar ekanla. bu kaynotamni fikri va ayolim otam nima desalar shu dedi.. lekin boshka toshkentga bormiman dedi. Mani eng kiynayotgan narsa bu farzandlarim,farzandlarim uchun yashashgayam tayyorman ayolimda kunglim yuk bulsa xam, lekin bula manga bollarimni xech kachon kursatishmidi bunga aminman.. Nima kilay Shayx Xazratlari farzandlarimsiz yasholmayapman, ayolimni talokiniyam bermaganmanku xali. Man eri sifatidan undan u denyoyu bu dunyo rozimasman.. Farzandlarim mani esdan chikarvorishligini uylasam yuragim orkaga tortib ketadi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sabr qilib, oilani saqlab qolishga harakat qiling. Ular ham bir oz vaqt o‘tgandan keyin o‘zlariga kelib, hozirgi fikrlari o‘zgarib qolishi hech gap emas.

27 Май 2022, 01:29 | Савол-жавоблар | 179 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar