soxibi uzrning taxorat vaqti

assalamu alaykum xazrat.men taxoratda soxibi uzrman.ya’ni jinsiy a’zoyimdam qandaydir suyuqlik kelib turadi.shu sababli xar namozga yangi taxorat olaman.endi agar men taxajjud namozi o‘qimoqchi bo‘lsamda kechasi soat xozirgi yoz iyun vaqti bilan 2 da tursam.taxorat olib taxajjud va vitr namozini o‘qisam soat 3 bo‘ladi.bomdod 10 takam 4 da.men yana taxorat olamanmi?.demoqchi bo‘lganim soxibi uzr 1chi farz namoziga olgan taxorati bilan 2chi farz namozi oralig‘idagi barcha sunnat va nafl namozlarni o‘qishi mumkin. bu erda oraga vitr namozi qo‘shilyapti.o‘zoq yozganim uchun sizdan uzr so‘rayman.javobingiz uchun Allox jj sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Albatta, toharat olasiz. Chunki, Bomdodning vaqti kirishi bilan sizning toharatingiz sinadi.

27 Май 2022, 03:33 | Савол-жавоблар | 155 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar