MO‘MIN BO‘LISH QIYINMI ?

Bismillahir rohmanir rohiym.Olamlarni yaratgan va tarbiyalovchisi Alloh subhanahu va taologa hamdu sanolarning cheksizi, O‘zining zoti pokiga munosibi bo‘lsin!Ul Zotning sevimli rasuli Muhammad Mustafoga durudu salovatlarning sarasi, mahmud maqomiyu vasila bo‘lsin!Ul zotga ergashganlarga Alloh taoloni hidoyati va rahmati bo‘lsin! Hazratim! Men Toshkentdagi unversitetlardan birida talabaman. Bu joyda materialistik g‘oyalarga burkangan o‘qituvchilar ko‘p. Sizga aytmoqchi bo‘lgan narsa quyidagicha: Men evroguruhlarda o‘qiydigan musulmon, o‘zbek qizlarini sharm hayosiz kiyinib yurishlarini ko‘rib hayratlanar edim va nafratlanar edim. Ammo o‘zimni va ko‘zimni va tilimni tiyar, ko‘rmaganga olar edim. Lekin ko‘pchilik yigitlar shaxvoniy qarashlar qiayotgani gapirmasa ham bo‘ladi va buni natijasida ilm olishga saviya pasayib ko‘proq shaxvatni qondirishga extiyoj boshlanadi. Men yaqinda shu narsalarga chiday olmay "O‘ta-o‘ta kalta yubka" kiyib kelgan qizni yo‘lini to‘sib, "Qaerdansan? Nima uchun bu ahvolda yuribsan tuzukroq kiyinsang bo‘lmaydimi" deb o‘z singlimni koyigandek qattiq koyidim Ammo zarar yoki so‘kish ishlatmadim. U qiz esa meni nomimdan dekanatga shikoyat qilib sal kam "Zo‘rlamoqchi bo‘ldi" degan mazmundagi tilhat beribdi. Rahbariyat meni Xalq dushmanidek ko‘rib talabalar safidan chiqarish payida. Men ularga bor haqiqatni aytsam mani himoya qiladigan kishi topilmadi, u qizga esa haqiqatda sen nima uchun bunday foxishanomus kiyingansan deb savolni bosh xarifi ham berilmadi. Juda ko‘pchilik ichida men ayibdor bo‘ldim, talabalar ham u qizga to‘g‘ri gap aytgan deya meni yonimni olish o‘rniga "Nima qilar edingiz undan ko‘ra sonlariga yo ko‘kraklariga qarab zavq qilib o‘qib yurmisizmi axir o‘z oyoqlari bilan kelib turibtiku" degan fikir bildirdilar.(ko‘pchilik). Yolg‘iz Alloh taolo meni guvohim va himoyachim va men bunga ishonaman. Ammo meni qiynayotgan narsa musulmonlar ichida, o‘zbeklar ichida begona bo‘ldim xechbo‘lmasa "Zalolatni til bilan qaytar"ishga ham qurbim etmadi, chunki, meni xech bir mard qo‘llamadi va maqullamadi. Nahot mo‘min bo‘lish qiyin? Naxotki musulmon musulmonni yonini olmasa? Hazratim! va ushbu qoralangan satrlarni o‘qib turgan mo‘min-musulmon birodarlarim bu voqiyaga nima deysizlar? Kamina tushkunlikka tushib qoldim, lanati shayton ham vasvasasini allaqachon boshlagan. Men ojiz bandani hech bo‘lmasa dalda bilan yoqlaydigan kimsa bormi? Hazratimga salomlar va mo‘min birodarlarimzga yuksak imonlar tilab.......!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hech tushkunlikka tushmang. O‘zingi aytganingizdek, “Yolg‘iz Alloh taolo meni guvohim va himoyachim va men bunga ishonaman”da mustahkam turing.

27 Май 2022, 04:17 | Савол-жавоблар | 140 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar