Valiy
Assalomu alaykum.Tariqat pirlari hazrat Gijduvoniy, hazrat Naqshbandiy va köplab avliyolarning karomatlarini nima deyish mumkin. Va hozirgi kunda ham shunday avliyo valiy zotlar bor deyishlikka "Mendan keyingi ulamolarim mendan oldin o‘tgan bani isroil payg‘ambarlar darajasida turadi" va "ular qiyomatgacha shunday odamlar keladi" deyilgan hadislar dalil bo‘la oladimi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
KAROMAT TUShUNChASI VA UNING TURLARI«Karomat» «karuma» - «yakrumu» fe’lidan olingan masdar bo‘lib, yuqorilik va sharaf ma’nosini anglatadi. Karomat shu ma’noda ikki xil bo‘ladi: 1. Asliy. 2. Kasbiy. Birinchi – asliy karomatning misoli quyidagi oyatda: «Batahqiq, biz Bani Odamni mukarram qildik. Ularni quruqlik va dengizda ko‘tardik. Ularni pok rizqlar ila rizqlantirdik» (Isro, 70-oyat). Ushbu karomat mo‘min bo‘lsin, kofir bo‘lsin, ba-shariyatning hamma a’zolari uchun umumiydir. Ikkinchi karomat – kasbiy karomat misoli: «Albatta, sizning Alloh huzurida mukarramrog‘ingiz, taqvodorrog‘ingizdir» (Hujurot, 13-oyat). Bu karomat taqvodor mo‘minda hosil bo‘ladi. Odatdan tashqari ishlarga karomat, deyishlik majoziydir. Chunki Alloh taolo o‘sha ishlarni taq-vodor mo‘minning ikromi uchun uning tomonidan sodir etadi. Karomatning zohir bo‘lishidagi hikmat: Karomat sodir bo‘lganidan so‘ng valiyning ishon-chi yana ham ziyoda bo‘lib, dunyodagi zuhdi-taqvosi kuchayib, havoyi nafs da’vosi yo‘qolishidir. Karomatlarning rostligiga dalil: 1. Alloh taoloning Bibi Maryam qissasidagi oyati: «Har qachon uning oldiga, mehrobga kirganda, huzurida rizqni ko‘rdi» (Oli Imron, 37-oyat). 2. Qur’oni karimdagi Kahf – (g‘or) sohiblarining uzun qissasi. 3. Imom Buxoriy va Imom Muslimlarning ikki «Sahih» kitoblaridagi, ustlariga xarsang tushib qolgan uch kishining qissasi. 4. «Taloq» surasining 2-oyati.«Kim Allohga taqvo qilsa, unga kushoyish beradi va hisob qilmagan tomondan rizqlantiradi». 5. «Anfol» surasining 29-oyati.«Ey iymon keltirganlar, agar Allohga taqvo qilsangiz, sizga furqon-farqlovchi qilib beradi». Ushbu ikki oyatda valiylikning sharti bo‘lmish taqvo zikr qilindi. So‘ngra taqvodor valiyning karomati zikr qilindi. Bu - unga hamma musibatlardan kushoyish berilishi, o‘ylamagan, bilmagan tomonidan rizqining berilishi va haq bilan botil orasini farqlovchi nurning berilishidir». Ushbu iqtibosga qo‘shimcha tariqasida aytishimiz lozimki, tasavvufga kirish, unda shayx bo‘lishdan asosiy maqsad karomat ko‘rsatish emas. Balki ruhiy tarbiya ila shug‘ullanish va kishilarni tar-biya qilishdir. Karomatning ma’nosi ikrom qilishdir. Alloh taolo taqvo va zohidlik qilgan ham-da ko‘p ibodat ila qurbat hosil qilib valiylik darajasiga etgan bandalariga ikrom ko‘rsatib, ba’zi bir oddiy odamlar qila olmaydigan narsalarni qildirib, duolarini qabul qilib, oliy darajadagi ilmu irfon hamda farosat berib yuzaga kelishini joriy qiladi. Ko‘pchilik ahli tasavvufning valiy o‘zining karomatini o‘zi bilmasligi shart degan gaplari bor.Shu bilan birga, valiylarga va ularning karomatlariga ahli sunna val jamoa mazhabi bo‘yicha e’tiqod qilmog‘imiz lozim.Siz aytgan hadis karomatga dalil emas.
27 Май 2022, 04:27 | Савол-жавоблар | 193 | Ruhiy tarbiya