Rivoyatlar ishonchlimi?
Muxtaram ustoz! Kuyidagi rivoyatlarni saxix yoki saxix emasligini tushuntirib bersangiz. Bu rivoyatlarda manbalari kursatilgan bulsada, yanada ishonarli bulishi uchun sizga murojaat kilishga majbur buldim. Chunki bu rivoyatlarni internet saytlaridan biridan kuchirib olgandim. Yana bir iltimos, bu rivoyatlar agar ishonarli bulsa ulardan kanday xukm olinadi? 1-rivoyat. Anas ibn Molik (ra) dan rivoyat qilinadiki, Hz. Alining (r.a) onasi Fotima binti Asad vafot etgandi. Dafn mobaynida Nabiy (s.a.v) uning avfi uchun Allohga yolvorib quyidagi duoni o‘qidilar: “Ey hayot va o‘lim beruvchi va hayot bo‘lgan hamda hech qachon o‘lmaydigan Alloh, onam Fotima binti Asadni (r.a) mag‘firatingga ol va uning hisob-kitobini, Munkar va Nakir savol-javobini oson qil,qabrini keng qil. Allohim senga Rasulingning va mendan avvalgi payg‘ambarlarning Haqi uchun duo qilaman, albatta Sen eng mehribon va rahimlisan”(Mu’jamul Avsat, jild 1, 152 b.; Hilya, jild 3, 121 b.).Imom ibni Hibbon va Imom Hakim ( r. anhum) bu Hadisni sahih deganlar. Hofiz ibni Hajar Haytomiy (ra) Imom Navaviyning “Al-Manaasik” asariga yozgan sharhida (500 b.) bu hadisni “Hasan” deganlar. 2-rivoyat. Maliku-d Daar – Halifa Umar ibn Hattobning (ra) oziq-ovqat xazinachisidan rivoyat qilinadiki, bir zamonlar Hz.Umar (ra) xalifaligi zamonasida xalq qattiq quruqchilikka duchor bo‘ldi. Bir kishi Rasululloh (sav)qabrlariga borib: “Ey Rasululloh, ummating uchun Allohdan yomg‘ir so‘rang, batahqiq ummat xalok bo‘lmoqda” deb duo qildi. Keyin bu odam tushlariga Rasululloh (sav) kirib Umarning (ra) oldilariga borishni va quyidagi xabarni etkazishni buyurganlar: “Yomg‘ir yaqin orada yog‘adi va unga (Umarga) aql egasi bo‘lishini aytgin”. Halifa Umar (ra) bu xabarni eshitib yig‘ladilar va: “Ey Robbim, mendan faqatgina bajarolmagan ishlarim qolur”.(Musannaf ibn Abi Shayba, jild 12, 31-32 b.; Imom Bayhaqiy “Dalailun Nubuvvah” jild 17, 47 b.).Ibni Kasir (rh) bu rivoyatning sanadini “sahih va Hasan” deganlar (Musnadul Faruq jild 1, 223 b.). Hofiz ibni Hajar Asqaloniy ham “Fathul Boriy”da “sahih” deganlar.3-rivoyat. Imom Navaviydan (ra) rivoyat qilinadi. Imom Utabiy aytadilar: “Men bir kuni Rasulullohning (sav)qabrlarining oldida o‘tirgandim. Bir badaviy kelib shunday duo qildi: “Senga salomlar bo‘lsin ey Rasululloh! Men eshitdimki, Alloh Taolo Qur’oni Karimda “Va qachonki ular o‘zlariga zulm qilganlarida Senga (Muhammad alayhissalomga) kelib Allohning mag‘firatini so‘rasalar va Nabiy ham ular uchun mag‘firat so‘rasa, albatta ular Allohni eng kechiruvchi, rahimli ekanligiga guvoh bo‘ladilar’ (Niso, 64 - ma’no tarjimasi). Shuning uchun, ey Allohning Rasuli, men Sening oldingga Robbimga mening gunoxlarimni mag‘firat qilishini so‘rashing uchun keldim. Imom Utabiy davom qildilar: Men keyin uyquga ketdim va tushimda Rasulullohni (sav) ko‘rdim. Ular buyurdilarki: “Ey Utabiy, o‘sha badaviyga borib xushxabar ber, har narsaga qodir Alloh uni mag‘firat qildi”.(“Al-Majmuu” jild 8, 456 b.; “al-Manaasikul Imaam an-Navaviy”, 498-499 b. –Qohira, Maktabah Salafiya nashri).Bu hodisa ko‘plab ulamodan keltirilgan. Jumladan, Hofiz Ibni Kasirning tafsirlarida, Alloma Abu Muhammad ibn Qudamaning “Al-Mugniy” asarida (jild 3, 556 b.), Imom Abul Farajning “Ash-sharhul Kabiir” asarida (jild 3, 495 b.) va Hokazo.4-rivoyat. Imom Ahmad ibn Hanbal (rh) Ham duo qilganda Rasulullohni (sav) tavassul qilishga targ‘ib qilganlar.(Fatavaa ibn Taymiyya, jild 1, 140 b.; shuningdek “Mafaahim”ga 137 b.qaralsin).Javobingiz uchun tashakkur!Umidjon Tursinov
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Savolni bittadan bering.
27 Май 2022, 04:41 | Савол-жавоблар | 156 | Hadislar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Savolni bittadan bering.
27 Май 2022, 04:41 | Савол-жавоблар | 156 | Hadislar