Mavlud xakida tasavvuf mashoyixlarining aytganlari

1. Assalomu alaykum muxtaram ustoz! Kadrli shayx xazratlari! Sizga savol bilan murojaat kilishga ijozat bergaysiz:Ma’lumki, paygambarimiz s.a.v ning mavludlarini nishonlash va mavlud marosimlarini utkazish ulamolar va musulmonlar urtasidagi ixtilofli masala xisoblanadi. Yakinda mavlud tugrisida bir risolani ukib koldim. Risola muallifi Domla Ahmadjon ibn Muhammadjon al-Marhamatiy al-Andijoniy al-Bog‘ishamoliy. Undagi ayrim joylari meni shubxaga soldi. Ijozatingiz bilan usha men tushunmagan satrlarni takdim etsam. Iktibos: «Ba’zi ulamolar tasavvuf shayxlaridan mana bularni zikr qiladilar: Hasan Basriy rahmatullohi alayhi deganlar: “Agar mening Uhud tog‘icha oltinim bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mavlidlariga sarf qilgan bo‘lardim”. Junayd al-Bag‘dodiy rahmatullohi alayhi deganlar: “Kimki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mavlidlariga hozir bo‘lsa va ul zotning qadrini ulug‘lasa, iymon bilan fayz topibdi”. Ma’ruf al-Karxiy rahmatullohi alayhi deganlar: “Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mavlidlarini o‘qitish uchun taom hozirlasa, do‘stlarni jam’ qilib, Payg‘ambar alayhissalomning mavlidlarini ulug‘lasa, qiyomatda Payg‘ambarlar qatorida, safida hashr qilinadi”. Imom al-Yofi’iy rahmatullohi alayhi deganlar: “Kim Payg‘ambar alayhissalomning mavlidiga jam’ bo‘lsa, taomlar hozirlab, Payg‘ambar alayhissalomning mavlidlarining o‘qilishiga sababchi bo‘lsa, qiyomat kunida Alloh taolo uni siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birga qiladi va jannatga kiritadi”. As-Sirriy as-Saqatiy rahmatullohi alayhi deganlar: “Kimki Payg‘ambar alayhissalomning mavlidlari o‘qitilayotgan mavze’ni qasd qilib borar ekan, u buni faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbat qilgani uchun qiladi!”.»Iktibos tugadi.SAVOL: Iktibosda nomlari zikr kilingan ulamolar adashmasam tobe’in va taba tobe’inlar avlodidan. Mavlud esa u davrda yuk bulgan. Kanday kilib tobe’inlarning uluglaridan bulgan Xasan Basriy (r.a) mavlud xakida gap aytishlari mumkin? Yoki risoladagi bu satrlar zaif va tukima ma’lumotlarmi? Sizdan iltimos mazkur masalaga oydinlik kiritib bersangiz. Javobingiz uchun tashakkur!Umidjon Tursinov
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Men ham birinchi bor sizning maktubingizda ko‘rib turibman bu gaplarni.

27 Май 2022, 04:40 | Савол-жавоблар | 164 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar