Nikox, talok, oila

Assalomu alaykum! shayx janoblari meni shu kungacha bir gashlik ichimni ezib keladi 2008-yil baxoroyida takdir takozosi bilan Rossiyaga ishlagani ketdim uyda xotinim 3 ta farzandlarim koldi xar oy 300-400 dollerdan uyga pul junatib turdim Rassiyada yuk tashuvchi bulib ishladim. 2009-yilni baxor oylarini bir kuni singlim xotinimni menga xiyonat kilayotganini telefon orkali aytdi, uyga bordim xamma karindoshlarim urtasida buyniga kuyildi, dadamni iltimosiga kura uni javobini bermadim chunki 3 ta bolam etim bulib usishini xoxlamadi. Lekin xozirda xotinimni yuldan urgan uzimni xolamni kuyovi, ismini yozgim xam kelmadi xozirda ichimdagi shaytonim uni borib jazosin bershimga undamokda xar kuni tushlarimda bosirkirab chikmokdaman, menga maslaxat bering iltimos, xozir Rassiyada ishlayapman, xotinim xam men bilan, bolalarimni 2 tasi kaynamda, 1 tasi dadamda kolgan. Odam ultirish dek gunox ishni kilib kuyishdan kurkaman, lekin shaytonim vos-vos kilib kuymayapdi, xiyonatni kechirish kiyin bulmokda, unutaolmayapman, xotinimni meni urnimga pochcham bilan bulgani meni juda kiynamokda, shayx janoblari menga maslaxat berasiz degan umid bilan bu xatni yozdim. barcha musulmonlarga bergan sabrni menga xam bersin xudoim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu kabi ishlarni berkitish va boshqalarga aytmaslik tavsiya qilinadi. Bo‘lar ish bo‘libdi. Siz sabr qiling va o‘shalarni eslamaslikka harakat qiling. Birovni o‘zingizcha o‘ldirish yoki boshqa jazo berishga urinmang.

27 Май 2022, 05:44 | Савол-жавоблар | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar