Juma namoz va talabalik

Assalomu Alaykum Shayx xaratlari !1. Imom Zaxabiyning "Gunoxi kabira" kitobida jamoat namozlariga borishga Ota ona ruxsat berishmasa xam borish kerak deyilgan. Meni kuyishmaganlari sababi maschitga borganlarni milsalar uchetga olishar ekan. Men nima kilishim kerak?Yana bir savol "kostyum-bryuk" bilan namoz ukisa buladimi? sababi "Kostyum-bryuk" kiysam eshi katta odamga uxshayman. Yoshi katta odamga uxshasam bemalol maschitga borishim mumkin buladi.2. Talaba bulganim sababli peshin namozini 13.00 ga emas, balki 12.30 ukiyopman. Shunday kilsam buladimi? Yoki uz vaktida imo ishora bilan ukiymi?Oldinda tashakur bildiraman. Raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Menimcha, namozga borganlarni hisobga olinmaydi. Darsni tashlab ketganlarni o‘quv yurtlarida surishtirishsa kerak. Siz aytgan kiyim bilan namoz o‘qisa bo‘ladi.2. Hozirgi paytda Peshinning vaqti soat 12, 36 dan keyin kiradi. O‘sha paytda o‘qib olsangiz bo‘ladi.

27 Май 2022, 05:47 | Савол-жавоблар | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar