O‘gay oka-singil bir-biriga nomahram hisoblanadimi?

Assalomu alaykum aziz ustoz!Mukaddas diynimizda xar birimizni tugri yulda bulishimizga sababchi bulayotganingiz uchun Sizning xakkingizga duodamiz! Amalga oshirayotgan savobli ishlaringiz Sizga ikki dunyo saodatini olib kelsin! Allox subxonaxu-va-ta’la umringizni va ilmingizni bundanda ziyoda kilsin!Suramokchi bulgan 3 ta savolim bor edi (bir mavzu buyicha). Imkoniyatingiz bulsa, Sizdan ularga javob olsam, degan niyatda edim.Dustim bir ugli bor ayolni uz nikoxiga oldi. Ayolning ugli uning birinchi nikoxidan bulgan. Dustim va usha ayol uzaro nikoxda bir kiz farzandli buldilar. Savolim:1. Dustimning usha ayol tugib bergan kizi va ayolining birinchi nikoxidan bulgan ugli bir-biriga nisbatan nomaxram xisoblanadimi? (Ular xali yosh)2. Agar bir-biriga nomaxram bulsa ular bir oilada (bir xovlida, bir uyda) yashashi mumkinmi?3. Bunday sharoitda ayolning ugli biologik otasiga kaytarilishi kerak deb eshitgan edim, shu kanchalik tugri?Javoblaringiz uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Ular ona bir aka singil bo‘ladilar. Ular mahramdirlar.2. Ular nomahram emas.3. Bu o‘sha otaning haqi va ishi.

27 Май 2022, 05:53 | Савол-жавоблар | 185 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar