Ko‘pchilikka qiziq savol

Asalomu Alaykum Hazrat!Hozirgi kunda homilador ayollarni UZD, yani ultra tovushli tekshiruv ko‘rigidan o‘tkazish majburidir. Meni fikrimcha bu albatta yahshi, chunki bu homilador ayol organizmida va rivojlanayotgan homiladagi kasallik jarayonlarini oldindan bilish imkoniyatini beradi. Lekin shu hususida menda ikkita savol tug‘ildi...1. Bunday tekshiruv natijasida homilaning jinsini tahminan bilish mumkin. Ba’zi hollarda do’torlar homila jinsi haqida ayol o‘zi so‘ramasa ham aytib qo‘ymoqdalar. Umuman tug‘ruqqacha homilaning jinsini bilish joizmi?2. Ushbu usulda tekshirish homilani qanday nuqsonlar bilan rivojlanayotganligini ham ko‘rsatadi (masalan: anen’efaliya - bolaning miyyasi yoqligi, yoki, gidro’efaliya - bolaning boshida ko‘p darajada suyuqlik yig‘ilishi va bolaning aqliy zaifligi, va h.k.). Bunday holatlar bolaning o‘ziga ham, uning ota-onasiga ham bir umr og‘ir sinovdir (vallohu a’lam). Yana bir tarafi, bunday bolalar yashab ketmasliklari ham mumkin (masalan anen’efaliya bilan). Bunda ayol so‘ligi homiladorlikdan zarar ko‘rayotgan yoki ko‘rmayotgan bo‘lishi ham mumkin. Mana shu hollarda, UZD homiladorlikning boshlang‘ich davrlarida yuqorida ko‘rsatilgan va boshqa talay tug‘ma nuqson hamda hastaliklarni aniqlaganda, ayolga bu homilani to‘htatish, yani homilani olib tashlash tafsiya etiladi. Shu joizmi?Javobingiz uchun oldindan katta rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Joiz.2. Uch tarafdan bir-birini bilmagan holda bir xil gap aytsa, bo‘ladi.

27 Май 2022, 05:56 | Савол-жавоблар | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar