Xalol standart buyicha savol
Assalomu Alaykum ustoz!Biz kolbasa va gusht maxsulotlari ishlab chikaruvchilardan birimiz. Xalol kolbasa maxsulotlarini ishlab chikarishda boshlaetgan ishimizning boshidanok kup savollarga duch kelmokdamiz, albatta bu bizning diniy bilimimiz saviyasi pastligidandir, lekin atrofimizda bizni urab turgan ayrim "xalol" ishlab chikaruvchilardan ba’zi savollarimizga anik javob ololmayapmiz. Extimol, ularda xam savollar kupdir. Bizning soxamizda nima xalolu nima xarom masalasida tortishuvlar juda kup. Chunki, xar bir soxaning uziga yarasha nozik taraflari buladi, va albatta dinimiz arboblari xar soxaga xam chukur kira olmaydilar. Kimmatli vaktingizni, xamda mayda, lekin muxim savollar kupligini inobatga olib, sizdek ustozimizni soxamizga tegishli bulgan savollar bilan bezovta kilishdan tortinib turibmiz. Savol: xozirgi kunda [u]aynan xalol[/u] maxsulot ishlab chikarishda paydo buladigan savollarga javob beruvchi gruppa eki erdamchilaringiz bormiki, biz ularning maslaxatlari va kerak bulsa kuzatuvlari yordamida uzimiz uchun xam, xalkimiz uchun xam xalol maxsulotlar ishlab chikaraylik. Raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Saytga qarang. Halol standart bor.
27 Май 2022, 05:59 | Савол-жавоблар | 163 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Saytga qarang. Halol standart bor.
27 Май 2022, 05:59 | Савол-жавоблар | 163 | Halol va harom